Yosh taekvondochilarimiz Elchi kubogi uchun bellashadilar

O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasida o'zaro birodarlik aloqalarini mustahkamlash, ikki mamlakat o'rtasida har tomonlama chuqur aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida har yili yurtimizda “Koreya haftaligi” o'tkazib kelinadi. 21 sentyabrda boshlangan bu yilgi haftalik 6 oktyabrga qadar davom etadi. Uning doirasida madaniyat, talim, tibbiyot, biznes kabi yo'nalishlar qatori sport bo'yicha ham katta tadbirlar o'tkazilib kelinadi.

Joriy yil taekvondo bo'yicha Koreya Respublikasining I'zbekistondagi elchisi sovrini uchun tashkil qilinadigan musobaqa 3-4 oktbyar kunlari bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqa o'smirlar toifasida o'tkazilib, unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyuradigan yosh taekvondochilar 10 ta vazn toifasida bahs olib borishadi. «Universal» sport majmuasida o'tadigan musobaqaning tantanali shochilish marosimi 4 oktyabr kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

 

Manba

 

Поделиться 2019-09-25 16:24:53