Erkin kurashchimiz Maqsud Veysalov jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi

Xabar berganimizdek, Estoniyaning Tallin shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada o'zining dastlabki medalini qo'lga kiritdi.

-97 kilogramm vazn toifasida kechgan erkin kurash bahsida hamyurtimiz Maqsud Veysalov bronza medaliga sazovor bo'ldi. Polvonimiz uchinchi o'rin uchun kechgan kurashda hindistonlik Akash Antiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Bugungi kun dasturida qizlarimiz saralash bosqichidan bahslarga kirishadi. Hamyurtlarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:

-50 kg: Jasmina Immaeva – Mariya Leorda (Moldaviya)
-76 kg: Muxlisa Normwminova – Kamile Gausatie (Litva)

Batafsil

 

Поделиться 2019-08-14 12:04:28