Jalolov, Abduraimov va yana 8 nafar bokschimiz Grozniy turnirida ishtirok etadi

19-23 avgust kunlari Rossiya Federasyasining Grozniy shahrida boks bo'yicha Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag’ishlangan XI xalqaro turnir bo'lib etadi.

E'tiborlisi, mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Grozniy turniri murabbiylarimiz uchun jahon chempionatidan avval bokschilarimizning jismoniy va texnik holatini ko'zdan kechirib olish imkoniyatini taqdim etadi. Musobaqada ishtirok etuvchi jamoamiz tarkibi esa quyidagicha:

-52 kg: Foziljon Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Jahongir Rahmonov
-75 kg: Mahmud Gaipov
-75 kg: Bahrom Fozilov
-81 kg: Kozimbek Mardonov
-91 kg: Madiyar Saidrahimov
91 kg: Bahodir Jalolov
91 kg: Wobidjon Tohirov

To'lqin Qilichev murabbiyligidagi vakillarimiz 18 avgust kuni Grozniyga yo'l olishadi.

Batafsil

 

 

 

Поделиться 2019-08-13 16:35:35