Poytaxtimizda velotrek bo’yicha Respublika ochiq chempionati start oldi

Toshkent shahridagi velotrek majmuasida sportning ushbu yo’nalishi bo’yicha Respublika ochiq chempionati start oldi. Reglamentga ko’ra, mazkur musobaqa erkaklar va ayollar, shuningdek, 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar o’rtasida o’tkazilmoqda.

Turnir orqali murabbiylar shtabi terma jamoa uchun nomzod sportchilarni yana bir karra saralab olish imkoniyatiga ham ega bo’lishadi. 28 iyunь kuni nihoyasiga yetadigan turnirda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 100 dan ziyod sportchilar bahs olib borishmoqda.

Ta’kidlash joiz, ushbu chempionat yakuniga yetgach terma jamoamiz vakillari Farg’ona viloyatiga yo’l olishadi. Sportchilarimiz u yerda 5 iyuldan 25 iyulgacha o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tab qaytadilar.

Manba

Поделиться 2019-06-28 15:31:51