Badiiy gimnastika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolariga

Tailandning Pattayya shahrida 20-23 iyunь kunlari o’tkazilgan Osiyo chempionatida Sizlar yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, o’zbek qizlarining nimalarga qodir ekanliklarini amalda isbotladingiz.

Qit’amizning eng kuchli gimnastikachilari o’rtasida kechgan raqobatda jozibador chiqishlaringiz va yuksak mahoratingiz bilan barcha muxlislar-u, xalqaro ekspertlarning olqishiga sazovor bo’ldingiz. Musobaqa davomida 8 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg’arib, Osiyo chempionatini o’zbek gimnastikasi tarixidagi shonli qit’a birinchiliklaridan biriga aylantirdingiz.

O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi Sizlarning bunday muvaffaqiyatingiz bilan yana bir bor qutlaydi. Joriy yilning sentyabrь oyida Ozarbayjonning Boku shahrida o’tadigan jahon chempionatida ham mana shunday ulkan yutuqlarga sazovor bo’lishingizni va Tokio Olimpiadasiga yo’llanma qo’lga kiritishingizni tilab qoladi.

O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi

Manba

Поделиться 2019-06-26 09:01:39