Baydarka va kanoeda eshkak bo’yicha O’zbekiston chempionati start olmoqda

24-28 iyunь kunlari Toshkent viloyatining Tuya-Bo’g’iz havzasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tadi. Mazkur mamlakat birinchiligi 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar o’rtasida o’tkazilib, unda yurtimizning turli viloyatlaridan eng mohir va umidli yosh sportchilarimiz g’oliblik uchun bahs olib borishadi.

Reglamentga ko’ra, musobaqa doirasida sportchilar 200, 500, 1000 metr masofalarga K-1, K-2, S-1, S-2, K-4, S4 qayiqlarida yakkalik, juftlik va to’rt kishilik ekipaj bahslarida kuch sinashishadi. Har bir yo’nalish bo’yicha saralash, yarim final va final musobaqalari o’tkazilishi kutilmoqda.

Manba

Поделиться 2019-06-24 09:41:25