Kurashchilarimiz Janubiy Koreyada yig’in boshlashdi

Sport kurashlari bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Janubiy Koreyaning Seul shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini boshlashdi. Mazkur yig’in 1 iyulgacha davom etib, sentyabrь oyida Qozog’istonning Nur-Sultan shahrida bo’lib o’tadigan Tokio Olimpiadasiga yo’llanmalar o’ynaladigan jahon chempionatiga asosiy tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Koreya safariga 23 nafar kurashchi va 5 murabbiy yo’l olgan. Ushbu vaqt oralig’ida terma jamoamiz a’zolari Janubiy koreyalik kurashchilarilar bilan sparring bahslari o’tkazishi rejalashtirilgan. Yig’inda ishtirok etayotgan sportchilarimiz tarkibi quyidagicha:

Erkin kurash:
Jahongirmirza Turobov
G’ulomjon Abdullaev
Mahmud Shavkatov
Temurjon Usmonov
Sirojiddin Hasanov
Ixtiyor Navro’zov
Umidjon Ismanov
Muhammadrasul Rahimov
Aziz Soliev
Ajiniyaz Saparniyazov
Hasanboy Rahimov
Dinmuhammad Nurmuhammedov

Yunon-rum kurashi:
Ilhom Bahromov
Islomjon Bahromov
Yelmurat Tasmuradov
Feruz To’xtaev
Mirzobek Rahmatov
Aram Vardanyan
Jalgas Berdimuradov
Nurbek Hashimbekov
Mahmud Baxshilloev
Jahongir Turdiev
Mo’minjon Abdullaev

Manba

Поделиться 2019-06-21 15:09:16