Bugun Boku “Katta dubulg’a” turniri start oladi

Bugun dzyudo bo’yicha “Katta dubulg’a” turkumiga kiruvchi yirik musobaqaning birinchi kun bellashuvlari bo’lib o’tadi. Reglamentga muvofiq ushbu kun dasturida yengil vaznli dzyudochilar bahs olib borishadi.

Yana bir necha daqiqalardan so’ng start oladigan musobaqada -66 kg vazn toifasida Muhriddin Tilovov yurtimiz sharafini himoya qiladi. Hamyurtimiz dastlabki davrada qatarlik Ayyub Al Adrissi bilan to’qnash keladi. Tilovov ushbu raqib to’sig’idan o’ta olsa, keyingi davrada belьgiyalik Kennet van Gansbeke bilan hisob-kitob qiladi.

Manba

Поделиться 2019-05-10 11:36:20