Paradzyudo bo’yicha terma jamoamiz Boku Gran-prisida qatnashadi

Xabar berganimizdek, 10-12 may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida dzyudo bo’yicha “Katta dubulg’a” turniri bo’lib o’tadi. Ushbu musobaqa yakuniga yetgach, paralimpiya dzyudosi bo’yicha Gran-pri turniri o’tkaziladi.

Mazkur musobaqa ham Tokio-2020 Paralimpiya o’yinlari reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli. Shunday ekan terma jamoamiz mazkur musobaqada asosiy tarkib vakillari bilan ishtirok etishadi. Delegatsiyamiz ayni paytda Boku shahriga yetib borishdi.Tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-60 kg: Sherzod Namozov
-66 kg: O’tkirjon Nig’matov
-73 kg: Feruz Saidov
-81 kg: Davurxon Karomatov
-100 kg: Sharif Halilov
+100 kg: Shirin Sharipov
Ayollar:
-48 kg: Yoqutxon Halilova va Lobar Xurramova
-52 kg: Sevinch Salaeva
-57 kg: Parvina Samandarova
-63 kg: Nafisa Sheripboeva
-70 kg: Vasila Aliboeva
+70 kg: Hayitjon Alimova

Manba

Поделиться 2019-05-10 11:33:15