Gandbol. Yoshlarimiz ham “Trophy” kubogining Osiyo bosqichiga yo’l olishdi

Mo’g’iliston poytaxtida gandbol bo’yicha o’smir va yosh qizlar o’rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi taqvim rejasidan o’rin olgan “Trophy” musobaqasining Markaziy Osiyo bosqichi o’z yakuniga yetmoqda. Bugun yoshlar toifasidagi bellashuvlarda g’olib jamoa nomi aniqlandi.

Ushbu bahs barcha o’yinlarda g’alaba qozonib kelayotgan O’zbekiston va Turkmaniston U-19 jamoalari o’rtasida kechdi. Hamyurtlarimiz butun o’yin davomida o’z ustunliklarini o’yin va uchrashuv yakunida tabloda ham aks ettira olishdi. Mazkur bellashuv yurtdoshlarimizning 43:20 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi va ular ham musobaqaning Osiyo mintaqasi bosqichiga yo’l olishdi.

Eslatib o’tamiz, kecha o’smirlarimiz muddatidan avval guruhdagi g’oliblikni qo’lga kiritib, “Trophy” kubogining Osiyo bosqichiga yo’l olishgan edi. Ertaga ular musobaqadagi so’nggi uchrashuvini qirg’izistonlik tengqurlariga qarshi o’tkazib qo’yishadi.

Manba

Поделиться 2019-05-10 11:29:47