Boku “Katta dubulg’a” turniriga qur’a tashlandi

10-12 may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida dzyudo bo’yicha “Katta dubulg’a” turkumiga kiruvchi katta musobaqa bo’lib o’tadi. Tokio Olimpiadasi uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur turnirda dunyoning 56 mamlakatidan 450 ga yaqin dzyudochi ishtirok etadi. Boku musobaqasida terma jamoamizning 3 nafar vakili o’z omadini sinab ko’radi. Bugun musobaqaga qur’a tashlash marosimi o’tkazildi. Hamyurtlarimizning raqiblari bilan tanishing:

-66 kg: Muhriddin Tilovov – Ayyub Al Adrisi (Qatar)
-73 kg: Obidjon No’monov – Hidayat Xeydarov (Ozarbayjon)
-90 kg: Shahzodbek Sobirov – Jamal Petgreyv (Buyuk Britaniya)

Manba

Поделиться 2019-05-10 11:26:56