Futbol. O’FA Yevropaning yetakchi jamoalaridan biriga qarshi o’rtoqlik o’yini tashkil qilish bo’yicha kelishuvga erishdi

O’zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko’rish maqsadida, iyunь oyidagi FIFA kunlarida KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o’rtoqlik o’yinlari o’tkazishi haqida xabar berib o’tgandik. Mazkur o’yinlar poytaxtimiz Toshkent shahrida o’tkaziladi.

Saralash bosqichiga munosib hozirlik ko’rish yuzasidan O’FA Turkiya futbol federatsiyasi bilan milliy terma terma jamoalar o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi tashkil qilish borasida kelishuvga erishdi. Unga ko’ra 2 iyunь kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi Antaliyada Turkiya terma jamoasiga qarshi o’rtoqlik o’yini o’tkazadi.

Ma’lumot uchun, 2002 yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi hisoblanmish Turkiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 39-pog’onani egallab turibdi. Terma jamoa tarkibida Yevropaning kuchli beshligida to’p suradigan nomdor futbolchilar harakat qiladi.

Manba

Поделиться 2019-05-10 11:23:52