Yosmir gandbolchi qizlarimiz muddatidan avval “Trophy” kubogining Osiyo bosqichiga yG’l olishdi

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Mo’g’iliston poytaxtida gandbol bo’yicha qizlar o’rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi taqvim rejasidan o’rin olgan “Trophy” musobaqasining Markaziy Osiyo bosqichi bo’lib o’tmoqda. Mazkur musobaqa o’smirlar va yoshlar o’rtasida tashkil etilayotgan bo’lib, bugun navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi.

E’tiborlisi, ushbu kun dasturida maydonga chiqqan o’smirlar terma jamoamiz musobaqa mezbonlarini 37:22 hisobida mag’lub etib, muddatidan avval “Trophy” kubogining Osiyo mintaqasiga yo’l oldi. Ayni paytda qit’amizning 5 mintaqasida saralash bellashuvlari o’tmoqda. Unda dastlabki ikki o’rinni egallagan 10 jamoa qit’a bosqichida o’zaro bahs olib boradi.

Reglamentga ko’ra, bugun yoshlar jamoamiz dam oldi. Ertaga ularni Turkmaniston yoshlariga qarshi bahs kutib turibdi. Ta’kidlash joiz, mazkur bellashuv mintaqa g’olibini aniqlab beradi.

Manba

Поделиться 2019-05-10 11:20:37