Futbol. O’zbekiston milliy terma jamoasi iyunь oyida Toshkentda 2 ta o’rtoqlik uchrashuvlarini o’tkazadi

O’zbekiston milliy terma jamoasiga iyunь oyining boshida yuzaga keladigan FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida 2 ta o’rtoqlik uchrashuvini tashkil qiladigan bo’ldi. Dastlab KXDR terma jamoasi bilan olib borilgan muzokara ijobiy yakunlandi.

Ektor Kuper boshchiligidagi jamoamiz 7 iyunь kuni Toshkentda shimoliy koreyalik futbolchilarni qabul qiladi. Oradan 4 kun o’tgach esa termamizni Umar al-Soma boshchiligidagi Suriya terma jamoasiga qarshi bahs kutib turibdi. Mazkur bellashuv ham poytaxtimizda bo’lib o’tadi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabrь oyidan boshlab 2022 yil Qatarda bo’lib o’tadigan Jahon chempionati saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi.

Manba

Поделиться 2019-05-10 10:36:37