Taekvondochilarimiz JCHga tayyorgarlikning so’nggi bosqichini olib borishmoqda

Yana bir necha kundan so’ng Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo’yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. 15-19 may kunlari o’tadigan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ushbu jahon chempionati Tokio Olimpiadasiga yirik reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli. Shu bois ham unda jahonning eng kuchli taekvondo ustalari jam bo’ladi. Terma jamoamiz vakillari mazkur musobaqaga tayyorgarlikning so’nggi bosqichini olib borishmoqda.

Bugun Xumson dam olish maskanida tog’dagi so’nggi yig’in yakunlanadi. Shundan so’ng sportchilarimiz O’zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida oxirgi mashg’ulotni o’taydilar va 13 may kuni Manchester shahriga yo’l olishadi.

Terma jamoamizning jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibi quyidagicha:

Erkaklar:
-54 kg: Valentin Xegay
-58 kg: Suhrob Bobobekov
-74 kg: Nikita Rafalovich
-80 kg: Shuhrat Salaev
-87 kg: Maksim Rafalovich
+87 kg: Dmitriy Shokin

Ayollar:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-53 kg: Charos Qayumova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova

Manba

Поделиться 2019-05-10 10:30:36