Basketbol bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi xalqaro musobaqada sovrindor bo’ldi

Bugun Qirg’izistonning Bishkek shahrida basketbol bo’yicha «G’alabalar kubogi» nomli xalqaro musobaqa yakunlandi. Unda qo’shni Qozog’iston va O’zbekistondan tashrif buyurgan qator jamoalar g’oliblik uchun bahs olib borishdi.

Mazkur musobaqada O’zRMVSK hamda O’zbekiston U-16 jamoalari yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Har ikki jamoamiz ham yarim finalgacha muvaffaqiyatli yetib kelishdi, biroq final ostonasida o’smirlarimiz Bishkekning «Gines 29», Mudofaa Vazirligi sport klubi esa Qozog’iston U-16 jamoasiga imkoniyatni boy berib qo’ydi.

Uchinchi o’rin uchun kechgan bahsda esa o’smirlar terma jamoamiz 68:60 hisobida ustun kelishdi. Shu tariqa O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi xalqaro musobaqaning bronza medaliga sazovor bo’ldi.

Manba

Поделиться 2019-05-06 10:31:44