Doxadan xushxabar davom etadi. Yekaterina Voroninadan ikkinchi oltin medalь

Qatar poytaxti Doxa shahrida o’tkazilayotgan yengil atletika bo’yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Biroz avval hamyurtimiz Yekaterina Voronina ham mazkur qit’a birinchiligi doirasida terma jamoamizning ikkinchi oltin medaliga egalik qildi.

Yetti kurash yo’nalishi bo’yicha bahslarni boshlagan vakilamiz yakunda 6198 ball jamg’ardi. Unga eng yaqin kelgan ta’qibchi esa 5993 ochko to’plashga erishdi. Kuchli uchlikni 5829 ochko jamg’argan Xitoy terma jamoasi vakilasi TS.Vang yakunlab berdi.

Eslatib o’tamiz, kecha o’tkazilgan uch hatlab sakrash dasturida boshqa bir yurtdoshimiz Ruslan Qurbonov ham oltin medalga sazovor bo’lgan edi.

Manba

Поделиться 2019-04-24 10:59:12