Mantiyazova hamda Boltaboev finalda, To’raev bronza medali uchun kurashadi

BAAning Fujayra shahrida o’tayotgan dzyudo bo’yicha Osiyo-Okeaniya chempionatida vakillarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Ayni paytda kechki dasturda kurashuvchi ishtirokchilar nomi ma’lum bo’ldi.

Quvonarlisi, terma jamaomizning ikki vakili Osiyo chempionligi uchun kurashish imkoniyatini qo’lga kiritdi. -81 kilorammda Sharofiddin Boltaboev yarim finalda Osiyo o’yinlari chempioni qozog’istonlik Didar Hamzani mag’lub etib, final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Ta’kidlash joiz, bu Boltaboev uchun faoliyatida qit’a birinchiligidagi ikkinchi final bo’ladi. Vakilimiz 4 yil muqaddam o’tgan Osiyo chempioatida finalgacha yetib borgan.

Shuningdek, Gulnoza Matniyazova (-70 kg) ham final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Xuddi shunday vaziyatni unda ham uchratish mumkin, ya’ni Gulnoza ham 2015 yil Quvaytda o’tgan qit’a chempionatida finalga yo’l olgan.

Afsuski, -73 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan Hikmatilloh To’raev yarim finalda amaldagi jahon chempioni janubiy koreyalik An Changrimga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Endi u bronza medali uchun tojikistonlik Somon Mahmadbekovga qarshi tatamiga chiqadi.

Final:
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev – Uganbatar Otgonbatar (Mo’g’iliston)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Shixo Tanaka (Yaponiya)
3-o’rin uchun:
-73 kg: Hikmatilloh To’raev – Somon Mahmadbekov (Tojikiston)

Manba

Поделиться 2019-04-22 10:02:53