Sadriddin Saymatov Premьer liga musobaqasida bronza medalini qo’lga kiritdi

Ayni kunlarda Marokash poytaxti Rabot shahrida karate bo’yicha Premьer liga musobaqasi bo’lib o’tmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan vakilimiz Sadriddin Saymatov shohsupaga ko’tarildi.

-60 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan vakilimiz yarim finalda turkiyalik Samdan Erayga imkoniyatni boy berib, bronza medali uchun kechgan bahsda yaponiyalik Minami Yunosukedan ustun keldi. Ta’kidlash joiz, Premьer liga musobaqasi Tokio Olimpiadasiga katta reyting ochkolarini taqdim etadi. Bu bilan hamyurtimiz Olimpiada reytingidagi o’rnini ancha yaxshilab oladigan bo’ldi.

Manba

Поделиться 2019-04-22 09:48:59