Antalya Gran-prisidan keyin Olimpiada reytingiga nazar

Ortda qolgan dzyudo bo‘yicha Antalya Gran-prisidan keyin Olimpiada reytingini yig‘ish bo‘yicha kechayotgan reytingga nazar solishning ayni vaqti. Turnirda kuzatilgan eng e’tiborli jihati -73 kilogramm vazn toifasida janubiy koreyalik An Changrimning jadvalda birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgani bo‘ldi. Koreyalik sportchining Turkiya Gran-prisida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani uning ushbu natijaga erishishiga zamin yaratdi.

Yurtdoshlarimizning o‘rniga to‘xtaladigan bo‘lsak, Kemran Nurillayev (-60 kg) Antalyadagi ajoyib ishtirokidan keyin reytingda sezilarli darajada ko‘tarila oldi va yo‘llanma zonasi uchun kechayotgan keskin kurashga qo‘shildi. Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritgan. Batafsil:

-60 kg:
1. Robert Mshvidobadze (Rossiya) - 2251 ochko
8(8 avvalgi o‘rni) . Sharofiddin Lutfullayev - 1220 ochko (yo‘llanma zonasida)
35 (35). Diyorbek O‘rozboyev - 378 ochko (yo‘llanma zonasida emas)
41(116). Kemran Nurillayev - 303 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

-66 kg:
1. Joshiro Maruyama (Yaponiya) - 2250 ochko
14(13). Sardor Nurullayev - 877 ochko (yo‘llanma zonasida)
26(24). Shahram Ahadov - 569 ochko (yo‘llanma zonasida)

-73 kg:
1. An Changrim (Janubiy Koreya) - 2150 ochko
16(15). Hikmatilloh To‘rayev - 831 ochko (yo‘llanma zonasida)

-81 kg:
1. Sagi Muki (Isroil) - 1975 ochko
40(39). Sharofiddin Boltaboyev - 348 (yo‘llanma zonasida emas)

-90 kg:
1. Nikoloz Sherazadishvili (Ispaniya) - 2451 ochko
55(54). Davlat Bobonov - 261 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

-100 kg:
1. Varlam Liparteliani (Gruziya) - 2351 ochko
24(23). Muhammadkarim Xurramov - 626 (qit’aviy kvota)

100 kg:
1. Guram Tushishvili (Gruziya) - 2255 ochko
5(4). Bekmurod Oltiboyev - 1360 ochko (yo‘llanma zonasida)

Eslatma!
- Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib o‘tilgan, jahon reytingi emas.
- Reytingda yetakchi va unga eng yaqin vakilimiz ko‘rsatilgan.
- Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yo‘llanma zonasida bo‘lsa (xuddi -66 kg vazn toifasidek), qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ tanlaydi.
- Olimpiada reytingini yig‘ish 2020 yilning 25 may sanasida yakunlanadi.

Manba

Поделиться 2019-04-08 15:22:31