Bugun 3 nafar dzyudochimiz Antalya Gran-prisida ishtirok etadi

Bugun Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi yirik musobaqa start oladi. Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur turnirda bugun yengil vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Ushbu kun doirasida 3 nafar dzyudochimiz medallar uchun kurash olib boradilar. Ularning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev - Daniel ben Devid (Isroil)
-60 kg: Kemran Nurullayev - Kun-Lin Yex (Xitoy Taipeyi)
-66 kg: Shahram Ahadov - Yoqubjon Boqiyev (Tojikiston) / Matey Poliyak (Slovakiya)

Manba

Поделиться 2019-04-05 10:16:28