Bokschilarimiz Boku turnirini muvaffaqiyatli boshlashdi

Ozarbayjon poytaxtida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa start oldi. Musobaqaning birinchi kun dasturida Hasanboy Do‘smatov, Foziljon Abdumurodov, Aliyor Noraliyev va Dilshodbek Ro‘zmetov kabi vakillarimiz ringga chiqib, raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.

-52 kg: Hasanboy Do‘smatov - Axtem Zakirov (Rossiya) 5:0
-52 kg: Foziljon Abdumurodov - Mirmehdi Mehtizada (Ozarbayjon) 5:0
-64 kg: Aliyor Noraliyev - Elnur Aliyev (Ozarbayjon) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov - Andrey Kovalchuk (Rossiya) 5:0

Bugun bo‘lib o‘tadigan dasturda -60 kg, -69 kg va 75 kilogramm vazn toifalarida vakillarimiz jang olib borishadi.

-60 kg: Shukurjon Rahimov - Nurlan Safarov (Ozarbayjon)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov - Serdar Amangeldiyev (Turkmaniston)
-75 kg: Oqmurod G‘aforov - Rasim Chobanli (Ozarbayjon)

Manba

Поделиться 2019-03-28 17:03:47