Yosh dzyudchilarimizning Gomeldagi muvaffaqiyati davom etadi

Belarusning Gomel shahrida dzyudo bo‘yicha 2006 yildan 2011 yilgacha tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida «Prayd Kubogi» nomli xalqaro musobaqa davom etmoqda. E’tiborlisi, unda ishtirok etayotgan yosh polvonlarimiz har kuni shohsupaga ko‘tarilishyapti.

Musobaqaning birinchi kun dasturida vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi. Ikkinchi kun dasturida ham polvonlarimiz muvaffaqiyatli ishtirokni davom ettirib, 1tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega bo‘ldilar. Vakillarimizdan Saidakbar Ma’mirov oltin medal bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Shuningdek, Muzaffar Tursunov kumush, Mirjahon Sayfidinov esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Manba

Поделиться 2019-03-27 17:19:29