Sambochilarimiz jahon kubogini umumjamoa bo‘yicha ikkinchi o‘rinda yakunlashdi

Rossiyadagi muhtasham «Lujniki» sport majmuasida sambo bo‘yicha jahon kubogi bellashuvlari yakunlandi. 22-23 mart kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Turnirning ikkinchi kun dasturida sambochilarimiz 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Zarnigor O‘rmonova (56 kg), Sherzod Rasulov (62 kg, jangovor sambo), Ne’mat Yoqubov (90 kg, jangovor sambo), Istam Qudratov (74 kg, jangovor sambo), Hakimjon Ismoilov ( 100 kg, jangovor sambo) kumush medal qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, Abbos Jalolov (74 kg) va Ikrom Abdukarimov (52 kg, jangovor sambo) bronza medali egalasiga aylanishdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi kun bellashuvlarida terma jamoamiz vakillari 2 ta otlin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan edi. Shu tariqa delegatsiyamiz joriy musobaqada 2 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. E’tiborlisi, jangovor sambo yo‘nalishida umumjaoa bo‘yicha ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik.

Manba

Поделиться 2019-03-25 15:06:56