Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangini amerikalik bokschiga qarshi o’tkazadi

Olimpiya o’yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliev professional boksdagi beshinchi jangini 24 noyabrь kuni AQShda o’tkazadi.

Atlantik Sitidagi «Hard Rock Hotel & Casino» arenasida o’tkaziladigan jangda bokschimizga amerikalik charm qo’lqop ustasi Isak Zarate raqiblik qiladi. Ushbu jangda bokschimiz o’zining WBA Inter-Continental kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliev professional ringdagi faoliyati davomida 4 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g’alaba qozongan. G’alabalarning 3 tasini nokaut evaziga qo’lga kiritgan.

Zarate esa 22 ta jang o’tkazib, 16 ta g’alabaga erishgan. 3 ta jangda mag’lub bo’lgan. Yana 3 ta jangda esa durang qayd etgan.

Manba

Поделиться 2018-11-09 10:34:14