Bokschimiz Sanjar Tursunov professional faoliyatini g’alaba bilan boshladi

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov bugun AQShda professional boksdagi debyut jangini o’tkazdi.

Kaliforniya shtatidagi «Fantasy Springs Casino» arenasida o’tkazilgan jangda hamyurtimizga meksikalik Megelь Kubos raqiblik qildi. Sanjar Tursunov jangni juda faol boshladi va ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa, 20 yoshli bokschimiz professional ringdagi faoliyatini g’alaba bilan boshladi.

Ma’lumot uchun, Kubos shu kungacha professonal boksda 31 ta jang o’tkazgan va ularning 11 tasida g’alaba qozongan (8 tasi nokaut bilan). 20 ta jangda esa mag’lubiyatga uchragan (9 ta jangda nokautga uchragan).

Manba

Поделиться 2018-11-09 09:48:15