Bizda navbatdagi medalь: Muhammadqodir Toshtemtrov kumush medalga ega chiqdi!

Buenos-Ayresda o’smirlar o’rtasidagi Olimpiya o’yinlari davom etmoqda. Musobaqada og’ir atletikachilarimiz ham o’z ishtiroklarini boshlab yuborishdi.

Bahslarga birinchilardan bo’lib -77kg vazn toifasidagi atletimiz Muhammadqodir Toshtemirov kirishdi. Hamyurtimiz dast ko’tarishda 140kg., siltab ko’tarishda esa 168kg., toshni o’ziga bo’ysundirdi. Umumiy hisobda 308 kg. natija qayd etgan sportchimiz yakunda kumush medalga ega chiqdi. Ushbu yo’nalishda oltin va kumush medallar mos ravishda Armaniston va Misr sportchilariga nasib qildi.

Milliy olimpiya qo’mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi, sportchi va uning murabbiyini muborakbod etadi.

Eslatib o’tamiz, bugungi kunga kelib, O’zbekiston terma jamoasi hisobida 1ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza medallari mavjud.

Manba

Поделиться 2018-10-12 10:59:06