Shahram G’iyosov meksikalik raqibga qarshi jang qiladi

Riodagi Olimpiya o’yinlari finalchisi, jahon chempioni Shahram G’iyosov 14 iyulь (O’zbekistonda 15 iyulь tongda) kuni professional ringdagi uchinchi jangini o’tkazadi.

Shu kuni bokschimizga meksikalik bokschi Danielь Echeverriya raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Echeverriya prof ringda shu kungacha 24ta jang o’tkazgan va ularning 19tasida g’alaba qozongan (17tasi nokaut bilan). 5ta jangda esa mag’lubiyatga uchragan (2tasi nokaut). Shahram G’iyosov esa ikkita jang o’tkazgan va ularning har ikkisida ham g’alaba qozongan. Janglarning birida u raqibini nokautga uchratgan.

Milliy olimpiya qo’mitasi ushbu jangda bokschimizga omad tilaydi.

Manba

Поделиться 2018-07-12 11:24:02