Slalomda eshkak eshish. Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik Ugam daryosida davom etmoqda

Xabaringiz bor, avgust oyida Jakartada Osiyo o‘yinlari start oladi. Ushbu nufuzli musoaqaga slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdalar.

Sportchilarimiz ayni paytda Toshkent viloyatidagi «Ugam» daryosida mashg‘ulot o‘tkazmoqdalar. 9 iyunda boshlangan yig‘inda to‘rt nafar sportchimiz ishtirok etmoqda. Ular murabbiy Izzatilla Rahmatullayev qo‘l ostida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, slalom bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkent dengizida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazayotganligi haqida xabar berib o‘tgandik.

Поделиться 2018-06-14 10:19:26