Milliy Olimpiya qo’mitasida malakali murabbiylarni tayyorlash va ularni sohaga qiziqtirish masalalari muhokama etildi

Bugun O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasida Bosh kotib Jasur Matchanov, MOQ Prezidenti yordamchisi Sardor Abduholiqov, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti rektori Komil Yarashev va universitet professor-o’qituvchilari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda murabbiylar tayyorlash tizimini qayta ko’rib chiqish, universitet bitiruvchilarini murabbiylik sohasiga yanada qiziqtirish, yosh murabbiylar uchun ilmiy-metodik qo’llanmalar yaratish va boshqa masalalar muhokama etildi.

Barchamizga ma’lumki, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetini har yili yuzlab talabalar bitirib chiqishadi. Ammo, ularning hammasi ham keyinchalik murabbiylik sohasini tanlamaydi. Aksincha, huquqni muhofaza qilish, moliya yoki iqtisodiy yo’nalishlarda faoliyat olib borishni ma’qul ko’radilar.

Aynan shuning uchun ham universitet bitruvchilarini murabbiylik kasbiga qiziqtirish, kelajakda ulardan yetuk mutaxassislar tayyorlash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Uchrashuv davomida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti qoshida terma jamoalar uchun malakali murabbiylar yetkazib berish bo’yicha maxsus ilmiy guruh tashkil etishga kelishib olindi. O’z navbatida, Jasur Matchanov ham Milliy olimpiya qo’mitasi ushbu jarayonda faol ishtirok etishini ta’kidlab o’tdi.

Manba

Поделиться 2018-05-04 09:50:14