«Металлург» – «Қўқон 1912», превью

    Mamlakatimizning tarixiy shaharlaridan biri bo’lgan Qo’qon jamoasi bilan bekobodliklar milliy chempionatlarimiz doirasida 16 bora to’qnash kelishgan. Mazkur uchrashuvlarning 6 tasida Toshkent viloyati vakillarining qo’li baland kelgan bo’lsa, 2  ta o’yinda durang natija qayd etilgan. 8 ta o’yinda esa vodiylik futbolchilar muvaffaqiyat qozonishgan. “Metallurg” raqiblari darvozasiga 24 ta gol kiritib, o’z darvozasidan 27 gol o’tkazib yuborgan.

   “Metallurg”ning eng yirik hisobdagi g’alabasi 2000 yilgi chempionatda kuzatilgan bo’lib, o’shanda bekobodliklar “Temiryo’lchi”ni 6:1 hisobida dog’da qoldirgandi. Qo’qonliklarning yirik g’alabasi 5:1 ko’rinishini olgan.

    Jamoalarning Bekobodda o’tkazilgan sakkizta o’yinida olti marta mezbonlar zafar quchishgan bo’lishsa, bitta o’yinda durang natija qayd etilgan. Bir marta esa omad mehmonlarga kulib boqqan. Mazkur uchrashuvlarda “Metallurg” 20, “Qo’qon 1912” jamoasi 26 ochkoga ega bo’lgan.

    Quyida ushbu jamoalarning Bekobodda bo’lib o’tgan so’nggi besh uchrashuvi natijasi bilan tanishing:

 22.09.2017    Metallurg  –  Qo’qon 1912    3:0

 30.04.2016    Metallurg  –  Qo’qon 1912    3:1

 06.06.2015    Metallurg  –  Qo’qon 1912    2:1

 14.05.2003    Metallurg  –  Qo’qon 1912    3:1

 23.03.2002    Metallurg  –  Qo’qon 1912    0:2

Манба:https://www.sports.uz/ru/news/football/Match-%C2%ABMetallurg%C2%BB---%C2%ABKokand-1912%C2%BB-proydet-v-Bekabade--a-ne-v-Almalyke16-03-2018 

Поделиться 2018-03-14 10:57:21