Erkin kurash. O’zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo’ldi

Bugun Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo’yicha Osiyo chempionati yakunlandi.


Musobaqaning so’nggi kunida erkin kurash bo’yicha bahslar o’tkazildi.

Kecha Ixtiyor Navro’zov va Magomed Ibragimov barcha raqiblarini mag’lub etib, Osiyo chempionligini qo’lga kiritgandi.


Bugun o’tkazilgan janglarda David Modzmanashvili oltin medalь sohibiga aylandi. Abbos Rahmonov va Aziz Solievlar esa bronza medalini qo’lga kiritdi. 


Shu tariqa, erkin kurash bahslarida O’zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. 

O’zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatidagi natijasi:

Yunon-rum kurashi:

-60 kg: Islom Baxromov - bronza

-63 kg: Yelmurat Tasmuradov - oltin

-67 kg: Mirzobek Raxmatov - bronza

-72 kg: Aram Vardanyan - bronza

-97 kg: Rustam Assakalov - kumush

130 kg: Mo’minjon Abdullaev - kumush

(umumjamoa hisobida uchinchi o’rin)

Ayollar kurashi:

-59 kg: Nabira Yesenbaeva - kumush

Erkin kurash:


-57 kg: Mahmudjon Shavkatov - kumush

-61 kg: Abbos Rahmonov - bronza

-65 kg: Timur Usmonoxunov - bronza

-70 kg: Ixtier Navruzov - oltin

-79 kg: Rashid Qurbonov - kumush

-92 kg: Aziz Soliev - bronza

-97 kg: Magomed Ibragimov - oltin

-125 kg: Davit Modzmanashvili - oltin

(umumjamoa hisobida birinchi o’rin)

O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi O’zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasini erkin kurashchilarimizning ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklab qoladi va keyingi musobaqalarda omad tilaydi. 

Поделиться 2018-03-12 14:21:01