O'zbekiston-U23 Xitoyni mag'lub etdi

U-23 Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston U-23 - Xitoy U-23 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol 14-daqiqada himoyachi Xojiabar Alijonov tomonidan urildi.

O'zbekiston U-23 - Xitoy U-23 - 1:0

Gol: Xojiakbar Alijonov 14, - 1:0.

O'zbekiston U-23 - 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Javohir Sidiqov (8.Jasur Yaxshiboev, 66), 16.Doniyorjon Narzullaev (22.Bobur Abdixoliqov, 90+2), 17.Dostonbek Hamdamov (15.Oybek Rustamov, 72), 20.Dostonbek Tursunov

Xitoy U-23 - 12.Zou Yuchen, 3.Li Ksiaoming, 5.Gao Zunyi, 6.Yao Junsheng (10.Tang SHi, 46), 7.Vei SHixao, 8.Xe CHao, 13.Li Xailong, 16.Li SHuai, 17.Yang Liyyu, 19.Liu Yiming, 22.Ba Dun (9.Jang Yuning, 76)

Ogohlantirishlar: Li SHuai 18, Rustamjon Ashurmatov 57, Abbosjon Otaxonov 68.

O'zbekiston 3-tur uchrashuvini 15 yanvar kuni Ummonga qarshi o'tkazadi. Bu bahs Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.

 

манба

Поделиться 2018-01-12 17:04:08