Oksana Chusovitinaga esdalik sovg‘asi

Xabaringiz bor, dekabr oyida Prezidentimiz Shavkat ­Mirziyoyev o‘zbek sporti afsonasi, Olimpiya o‘yinlarida qatnashish bo‘yicha "Ginnes rekordchisi" Oksana Chusovitinaga “El-yurt hurmati” ordenini tantanli ravishda topshirgan edi.

Yangi yil arafasida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan marosimda Oksana Chusovitinaga maxsus kitobni qo‘mita raisi Rustambek Qurbonov esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etdi.Kitobda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlarimizga vatanning yuksak mukofotlarini topshirgan ajoyib lavhalar tasvirlangan.Sizlarsiz mana shunday mukofot sohibiga aylana olmasdim. Bu juda yoqimli. Ilk marotaba mana shunday ajoyib kitob nashrdan chiqarilib, sovg‘a qilinmoqda. Bu kitob menga umrbod esdalik bo‘lib qoladi. Mana shunday ajoyib sovg‘a uchun minnatdorchilik bildiraman. Yangi yilda barcha-barchaga baxt tilab qolaman. 2018 yil hammamiz uchun omad olib kelsin, - dedi Oksana Chusovitina. O‘z o‘rnida, biz ham sportchimizni yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz. Kelajakda undan yangi yorqin g‘alabalar kutib qolamiz!

 

Поделиться 2018-01-11 17:35:50