Barkamol avlod

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 271- sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarining o‘rtasida 3 yilda bir marta «Barkamol avlod» sport musobaqalari tashkil etilgan.

"Barkamol avlod” sport musobaqalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi-yoshlarni jismoniy yetuk va ahloqiy barkamol, Vatanga sadoqat ruhida komil inson qilib tarbiyalash, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini zamon talablari darajasida rivojlantirishni amalga oshirish, milliy sport turlariga yoshlarni qiziqishi va e’tiborini kuchaytirish, o‘quvchi-yoshlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri mazmunli tashkil etish, jamoa bo‘lib harakat qilish, g‘alabaga intilish ishtiyoqlarini kamol toptirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.

2001 yil ta’lim muassasalarida 1-bosqich musobaqalarida 400000 minga yaqin, musobaqalarning 2-bosqichida 150 minga yaqin o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Barkamol avlod” sport musobaqalari 2001 yilda birinchi marta Jizzax viloyatida 30 apreldan 5 maygacha sportning 8 ta turi bo‘yicha (basketbol, voleybol, futbol, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis va suzish) o‘tkazilib, unda 1890 nafar (qizlar 560 nafar, o‘smirlar 980, murabbiylar 280 nafar, hakamlar 266 nafar) o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

2003 yil ta’lim muassasalarida musobaqalarning 1-bosqich musobaqalarida 420000 mingdan ortiq, musobaqalarning 2-bosqichida 180 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan.

2003 yilda Andijon viloyatida 5 iyundan 11 iyungacha sportning 14 ta turidan (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis, stol tennisi, shaxmot, badiiy gimnastika, og‘ir atletika, boks va suzish) o‘tkazilib, unda 2786 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishgan (har bir viloyatdan 199 nafar, shundan qizlar 812 nafar).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyundagi 244-sonli «O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda o‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb qilishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini samarali ishlashini ta’minlash maqsadida musobaqalar har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan bo‘lgan.

2005 yil ta’lim muassasalarida musobaqalarning 1-bosqich musobaqalarida 545000 mingdan ortiq, musobaqalarning 2-bosqichida 200 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan.

2005 yil 24 maydan 29 maygacha Toshkent viloyatida o‘tkazilgan «Barkamol avlod» sport musobaqalarining Respublika final bosqichi sportning 13 ta turidan (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis, stol tennisi, shaxmot, badiiy gimnastika, boks va suzish) o‘tkazilib, undagi ishtirokchilar soni 2898 nafarni tashkil etdi (har bir viloyatdan 189 nafar, shundan qizlar 812 nafar, o‘smirlar 1568 nafar, murabbiylar 266 nafar va hakamlar 252 nafar).

2008 yil ta’lim muassasalarida musobaqalarning 1-bosqich musobaqalarida 610000 mingdan ortiq, musobaqalarning 2-bosqichida 200 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan.

2008 yil 17-21 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan «Barkamol avlod» sport musobaqalarining Respublika final bosqichi sportning 12 ta turidan (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis, stol tennisi, shaxmat, badiiy gimnastika va suzish) o‘tkazilgan. Ishtirokchilar soni 2296 nafar, shundan qizlar 784 nafar, o‘smirlar 1106 nafar, murabbiylar 238 nafar va hakamlar 168 nafarni tashkil etgan.

2011 yil ta’limi muassasalarida 1-bosqich musobaqalarida ta’lim muassasalaridan 700 mingdan ortiq, 2-bosqichida 250 minga yaqin o‘quvchi - yoshlar ishtirok etgan.

Surxondaryo viloyatida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barkamol avlod-2011” sport musobaqalari sportning 12 ta turi bo‘yicha 867 (513 nafar o‘g‘il bolalar, 354 nafar qizlar) nafar o‘quvchi sportchilar va 175 nafar murabbiylar, 195 nafar hakamlar, 130 nafar ommaviy axborot vositalari, 100 nafar xoreografiya guruhi, 80 nafar delegatsiya a’zolari va mehmonlar, 16 nafar mash’alani olib keluvchilar, jami bo‘lib 1563 nafar ishtirokchilar qatnashishgan. Har bir hududdan jamoalar tarkibi 142 nafarni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyundagi “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilagn uzluksiz respublika sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 181-sonli qaroriga asosan «Barkamol avlod» sport musobaqalari 2014 yilda Namangan viloyatida o‘tkazilishi belgilangan.

2014 yil ta’limi muassasalarida 1-bosqichida 810 ming nafardan ortiq, 2-bosqichida 260 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan.

“Barkamol avlod-2014” sport musobaqalarining respublika final bosqichi sportning 16 turi bo‘yicha 996 nafar sportchilar, 654 nafar o‘smirlar, 342 nafar qizlar, 224 nafar murabbiylar, 193 nafar hakamlar, 60 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari, 15 nafar sport federatsiyalarning vakillari, 45 nafar rahbarlar, 14 nafar ichki ishlar va 24 nafar sog‘liqni saqlash xodimlari hamda 18 nafar, oshpaz, 82 nafar ofitsiantlardir, 360 nafar xoreografiya guruhi, jami 2031 nafar ishtirokchilar qatnashishgan.